Senator Hasan Normurodovning aytişiça, hukumat qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni turarjoylar bilan ta'minlaş tartibi belgilab berilgan bölsa-da, joylarda bu boradagi ahvol qoniqarli emas.
«2015–2019-yillar davomida mehribonlik uylari bitiruvçilarining bor-yöği 40 foizi uy bilan ta'minlangani ham bu boradagi holatni körsatib turibdi.
Şu bois yetimlarni uy-joy bilan ta'minlaş masalasiga jiddiyroq yondaşiş, bu borada hokimlarning mas'uliyatini oşiriş, amaldagi qonun hujjatlariga hududidagi yetimlarni turarjoy bilan ta'minlaşga barmoq ostidan qaragan, majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan hokimlarni javobgarlikka tortiş böyiça normalar kiritiş kerak, deb hisoblayman», – dedi Normurodov 27 fevral kuni Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi yiğilişida.

Qömita raisi örinbosari Dilorom Toşmuhamedovaning sözlariga köra, sohaga oid qonun hujjatlarining aksariyati ança yillar avval qabul qilingan bölib, bugungi kun talablariga javob bermaydi.
«Şu sababli qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan ötkaziş, jumladan, yetimlar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni ijtimoiy himoyalaş töğrisida yaxlit qonun loyihasini işlab çiqişni hukumat oldiga vazifa qilib qöymoqdamiz», – dedi Dilorom Toşmuhammedova.

Senat tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga uy-joyga muhtoj sifatida röyxatda turgan yetim bolalarga davlat budjeti hisobidan transfertlar ajratiş masalasini tezroq hal etiş vazifasi yuklatilmoqda.
Senator Jamşid Xöjayev «tanganing boşqa tomoni» haqida gapirdi.
«Yetimlarni uy bilan ta'minlaş – dolzarb, ijrosini keçiktirib bölmaydigan masala. Lekin tanganing boşqa tomoni ham bor. Bugungi kunda hokimlarning yetimlarni mahalliy budjetdan uy bilan ta'minlaşi juda qiyin bölib qoldi. Çunki hududlardagi katta korxonalar tölaydigan soliqlar respublika budjetiga ötib ketdi, tabiiyki hokimliklar ijtimoiy himoya uçun zarur mablağlarni topişga qiynalişmoqda.















