Xalqaro poçta ittifoqining 2013 yilda Bern şahrida imzolangan “Poçta jönatmalari almaşinuvi reglamenti” nomli yakuniy protokolining 156-moddasi 11-bandida jönatilayotgan barça poçta jönatmalari CN-22 va CN-23 deklaratsiyalarida töliq holda körsatilişi, poçta jönatmalarini umumiy nomda körsatilişiga yöl qöyilmasligi belgilangan.

Ammo şunga qaramay, poçta jönatmalari orqali “tijorat maqsadlar uçun möljallanmagan” niqobi ostida bir xil turdagi tovarlarni jönatiş holatlari uçramoqda.

Yaqinda Toşkent şahar bojxona boşqarmasi “Boş poçtamt” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari poçta jönatmalari orqali tovarlarning noqonuniy olib ötilişiga doir urinişlarni foş qilişdi.

Jumladan, xorijdan kurerlik taşkiloti nomiga yuborilgan oğirligi 4,5 tonna bölgan 79 örindan iborat poçta jönatmalari bojxona nazoratidan ötkazildi. Natijada, 47 örindan iborat poçta jönatmalarida bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan 3272 dona kiyim-keçak va poyabzallar borligi aniqlandi.

Şu tariqa qonunbuzarlar poçta jönatmalari orqali qiymati 311,8 million sömlik tovar-moddiy boyliklarni olib kirişga urinişgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.