Prezident Şavkat Mirziyoyev Yaşnobod tumani rahbarlari, mahalla raislari, tadbirkorlar, maktab va soğliqni saqlaş muassasalari vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.

- Sizlar bilan, xalq orasida yurib, islohotlarimizni amalga oşirayotgan odamlar bilan suhbat qilib, mavjud muammo va masalalarni oçiq-oydin muhokama qilgani keldim. Şuning uçun yodlangan gaplarni gapirmasdan, köproq savol berib, takliflaringizni aytsangizlar, xursand bölaman, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yaşnobod tumanida 18 mingdan ziyod iqtisodiy faol aholiga iş örinlari zarurligi, bandlikni oşiriş uçun tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş kerakligi qayd etildi.
Ötgan yili tumanda investitsiyalar 1,3 barobar, sanoat 12 foiz, quriliş 26 foiz, xizmat körsatiş 28 foiz ösgan. 445 milliard söm sarmoya hisobidan 16 ta işlab çiqariş va xizmat körsatiş obekti işga tuşirilgan.
2020-2022 yillar uçun qiymati 8,5 trillion söm bölgan 61 ta investitsiya loyihasi şakllantirilgan.
Kiçik korxonalar taşkil etiş uçun tumanda rezerv va imkoniyatlar yetarli ekani, mahalla instituti bu borada faollik körsatişi lozimligi ta'kidlandi.
Maktabgaça ta'lim muassasasi quriş, maktablarni kapital ta'mirlaş, zamonaviy klinikalar taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar belgilandi. Soğlom hayot tarzini şakllantiriş, odamlarni köproq doriga emas, balki töğri ovqatlanişga, sportga örgatiş butun jamoatçilikning vazifasi bölişi kerakligi qayd etildi.
Jinoyatçilikning oldini oliş, obodonlaştiriş va infratuzilmani rivojlantiriş böyiça ham körsatmalar berildi.
- Yaşnobod öz nomiga munosib yaşnab turişi, quyi tizimda işni taşkil qiliş böyiça namuna bölişi kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Oçiq muloqotda aholi va tadbirkorlar öz fikr-mulohazalarini aytdi. Prezidentimiz bildirilgan takliflarni qöllab-quvvatlaş va ularni amalga oşiriş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berdi.














