Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi reglamentiga bosh vazirga aloqador o‘zgartirish kiritiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi
Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
7-bandning ikkinchi xatboshisi “davlat boshqaruvi boshqa organlari” degan so‘zlardan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.
Ya'ni, bosh vazir hukumat oldiga qo‘yilgan maqsadli vazifalarga erishilishini ta'minlash maqsadida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar bo‘yicha kelishilgan qarorlar qabul qiladi.
33-bandda birinchi xatboshisi “manfaatdor vazirliklar va idoralar” degan so‘zlardan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.
Ya'ni, ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan kelishilishi kerak.
Quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan – hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar”.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
18:01 / 06.09.2025
Vazirliklarga «yuqoridan» ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi
09:10 / 19.08.2025