Weforum.org naşri ma'lumotlariga köra, koronavirus (COVID-19) tarqalişi butun dunyo işlab çiqariş tizimiga, global qiymat zanjiriga salbiy ta'sir qilmoqda. Uning oqibatlari esa biznes vakillari, iste'molçilar va xalqaro iqtisodiyotga ta'sir etişi mumkin.

Ayni paytda köplab kompaniya rahbarlari bu vaziyatda qanday qilib öz işçilarini himoya qiliş, ta'minot xavfsizligida işonçni mustahkamlaş, marketing noaniqliklarini töğri aniqlay oliş kabi muhim savollar qarşisida qolmoqda.

Global qiymat zanjiri - iqtisodiy taraqqiyot va YaIM ösişida muhim omildir. U narx raqobatbardoşligini şakllantiriş va optimallaştirişda muhim sanaladi. Koranavirus esa işlab çiqaruvçi kompaniyalarga mana şu raqobatbardoşlikning xavf ostida qolişiga tayyor turiş zarurligini körsatmoqda.

Xavfning yangi turi iqtisodda

COVID-19 allaqaçon xalqaro bozorga öz ta'sirini ötkazib ulgurdi. Masalan, virus qörquvi xalqaro yoqilği narxiga ta'sir qildi. Xitoy qayta işlovçilari özlaridagi içki talab pasayişini taxmin qilib, neft qayta işlaş suratini kamaytirmoqdalar. Xitoy talabining pasayişi esa ta'minotçilar uçun istiqbol rejalari qoronğilaşişiga sabab bölmoqda.

Reuters tahlillariga köra, Xitoy iqtisodiy ösişi 2020 yilning birinçi çoragida 4,5 foizga pasayişi kutilmoqda. Bu 2008 yildagi iqtisodiy inqirozdan beri sodir bölgan eng kuçli pasayiş ekanligi va uning xalqaro iqtisodga 1,1 trillion AQŞ dollari miqdorida zarar keltirişi kutilmoqda.

Bunda oxirgi natija qanday bölişi ma'lum emas, biroq taxminlarga köra, koranavirus ta'siri oldingi tajribalar zararlaridan köra köproq böladi.

Qiymat nuqtayi nazaridan qaraganda, 2003 yildagi SARS epidemiyasi yoki 2011 yilda sodir bölgan Fukuşima atom muammosi bugungi koranavirus zarariday xavfli bölmagani aniq.

Çunki hozir Xitoy rivojlangan va global iqtisodiyot bilan integratsiyasi kuçli. Agar 2003 yilda xalqaro işlab çiqarişning 9 foizi Xitoyga töğri kelgan bölsa, hozir bu körsatkiç 28 foizni taşkil qiladi. Bundan taşqari, mamlakat transport bilan boğliq işlarini ham juda yaxşi yölga qöygan.