Gretsiya hukumati grek-turk çegarasidagi noqonuniy migrantlarga çegarani buzmaslik töğrisida ogohlantiruvçi sms-xabarlar jönatmoqda. Bu haqda hukumat vakili ma'lum qildi.

"Gretsiya hukumati yolğon xabarlar ta'sirida şarqiy çegaramizga kelayotgan odamlarni xabardor qiliş uçun barça mavjud vositalardan foydalanmoqda. Buning uçun xabar jönatiş imkoniyatidan foydalanyapmiz", - dedi .

"Gretsiya Respublikasidan: Gretsiya çegaradagi xavfsizlik çoralarini eng yuqori darajaga kötarmoqda. Çegarani noqonuniy ravişda buzib ötişga urinmang" deyiladi sms-xabarda.

Qayd etilişiça, uşbu sms-xabar migrantlarning telefonlariga ular çegaraga yaqinlaşgan zahoti yetib keladi.

1 mart holatiga köra, Turkiya orqali Yevropa tomon yölga tuşgan qoçqinlar soni 76 ming 358 nafarni taşkil etmoqda.