Fransuz uyuşmasi «Alliance Française» 1883 yil 21 iyul Parijda maşhur diplomat Pol Kambon taşabbusi bilan butun dunyo böylab fransuz tilini tarqatiş va madaniyatlar muloqotini tarğib qiliş maqsadida taşkil etilgan, keyinçalik Parijda «Alliance Française» bölimi oçildi, uning ma'muriy kengaşi Lui Paster, Ernest Renan va Jyul Verndan taşkil topgan.

Fransuz Alyansining tarmoği 146 mamlakatda 800dan ortiq taşkilotga ega bölgan nodavlat va notijorat taşkilotdir.

Fransuz Alyansi, şuningdek fransuz tilida (DELF, DALF, TCF, TCF Canada) xalqaro imtihonlarni ötkazadigan yagona taşkilotdir.
DELF-DALF (diplomning amal qiliş muddati yöq) va TCF (2 yillik muddatga ega sertifikat) fransuz tilidagi ikki asosiy xalqaro imtihondir.
TCF Kanada fransuz tilini biliş darajasini belgilab beradigan va bugungi kunda Kanada davlatida öqiş yoki işlaş uçun viza olişga asos böla oladigan yagona hujjatlardan biri hisoblanadi.

Fransuz tilida töğri va tez gapirişni orzu qilasizmi?
Fransuzlar bilan qulay muhitda muloqot qilişni xohlaysizmi?
Yoki iş kunidan keyin fransuz tilida filmlar/multfilmlar körişni xohlaysizmi?
Yoki farzandlaringiz fransuz tilida gaplaşişini orzu qilasizmi?
Aynan şu sababli, Toşkent Fransuz Alyansi bahorgi sessiya uçun möljallangan kurslarga röyxatdan ötişni e'lon qiladi.
Fransuz Alyansining vazifalari:
- fransuz madaniyati va tilini ommalaştiriş;
- ta'lim, madaniyat, fan va texnika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yölga qöyiş;
- Özbekistonda fransuz tilining rivojlanişiga hissa qöşiş.

















