"Alliance Française" tarmoği 146 mamlakatda 800 dan ortiq taşkilotga ega bölgan nodavlat va notijorat taşkilotdir.

AFT’ning vazifasi fransuz madaniyati va tilini ommalaştiriş, ta'lim, madaniyat, fan va texnika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yölga qöyişdir. Bu yerda doimo madaniy tadbirlar, körgazmalar, konferensiyalar va turli mahorat darslari xalqaro toifadagi mutaxassislar tomonidan ötkaziladi.

AFT’da maşğulotlar çet tillarini öqitişning umumiy  Yevropa standartiga (CECR) muvofiq ravişda taşkil etilib,siz boşlanğiç darajadan boşlab  yoki fransuz tili bilim darajasini belgilovçi bepul test natijasiga asosan bilimingiz darajasidagi guruhlarda maşğulotlar taklif qilinadi. 

Guruh maşğulotlari fransuz tilini dastlabki darajadan boşlab (A1 darajasidan) mukammal (C1) darajaga qadar örganişni öz içiga oladi. 

Har bir kurs 4 xil könikmalarni rivojlantirişga qaratilgan: oğzaki va yozma nutqni tuşuniş, yozma nutq va muloqot qiliş.

Bizning kurslarimiz Parijning Fransuz Alyansi kommunikativ standartiga asoslanadi. Bu usul butun dunyoda tan olingan bölib, qisqa vaqt içida yuqori natijalarga erişişga imkon beradi, şuningdek, tilni barça sohalarda amaliyotga tatbiq etiş uçun eng yaxşi şaroitlarni yaratadi.

Toşkent Fransuz Alyansi sizga quyidagilarni taklif qiladi:

  • qulay muhitda yuqori sifatli ta'lim;
  • fransuz öqituvçilari dars ötişi;
  • sizning talabingizga moslaştirilgan öqitiş metodikasi va şakllari;