South China Morning Post nashri xabariga ko‘ra, XXRda 2 mart kuni 31 kishi virus tufayli vafot etgan va epidemiya boshlanganidan buyon Xitoydagi qurbonlar soni 2943 kishini tashkil qilmoqda.
Xitoydan tashqari yana 71 mamlakatda virusdan zararlanish holati aniqlangan. Jahon bo‘ylab COVID-19 kasalligi jami 90899 kishida qayd etgan, virus qurbonlari soni 3116 nafarni tashkil qilmoqda. Yana 48 mingdan ortiq kishi tuzalib ketgan.
Virus tarqalishining asosiy o‘choqlari Xitoydan tashqarida Janubiy Koreya (4812 bemor va 28 qurbon), Italiya (2036 bemor va 52 qurbon) hamda Eron (1501 bemor va 66 qurbon) bo‘lib qolmoqda.
Qayd etish kerakki, Italiyada so‘nggi kunda ko‘rsatkichlar sezilarli darajada oshdi - bemorlar soni 342 nafarga, qurbonlar soni 18 nafarga oshgan.
Ayni vaqtda Rossiyada 6 kishida virusdan zararlanish holati qayd etilgan. MDH yana ikki davlatida - Armaniston va Ozarboyjonda ham virusdan zararlanish holatlari tasdiqlangan.
















