Moskva meri Sergey Sobyanin o‘z blogida virus aniqlangan yigitda kasallik yengil o‘tayotgani, u zarur davolanishni olayotganini ma'lum qilgan.
Merning ta'kidlashicha, 29 fevralda yigit virusga chalinganligiga gumon paydo bo‘lgandan keyin bir kun ichida u bilan yaqin aloqada bo‘lgan barcha kishilar: qarindoshlari, tanishlari, u bilan bir reysda uchgan yo‘lovchilar aniqlanib, shifoxonaga joylangan.
“Bemorning 6 qarindoshi va 5 tanishi, yo‘lovchilardan 13 nafari shifoxonaga joylashtirilgan”, deb ma'lum qilgan Moskva meri. Shuningdek, bemor bilan birga uchgan yana 83 kishi karantinga joylashtirilgan.
















