Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida maktablar va bog‘chalar oldidagi yo‘llarda harakat tezligi cheklanmoqda
Samarqand viloyatidagi barcha maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari joylashgan ko‘cha va ichki yo‘llarda transport vositalarining harakat tezligi cheklanmoqda.
Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimovning «Viloyat hududidagi maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari joylashgan ko‘cha va ichki yo‘llarda transport vositalarining harakat tezligini cheklash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi «Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 370-sonli qaroriga muvofiq, viloyat hududidagi maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari oldida harakat xavfsizligini ta'minlash, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari joylashgan ko‘cha va ichki yo‘llarda transport vositalarining harakatlanish tezligi soatiga 50, 40 va hatto 30 kilometrgacha cheklanmoqda.
Viloyat IIB YXXBga joriy yil yakuniga qadar viloyat hududidagi maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari joylashgan ko‘chalar hamda ichki xo‘jalik yo‘llariga avtotransport vositalarining harakatini cheklovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish hamda tizimli nazorat o‘rnatish vazifasi yuklangan.
Qaror matbuotda e'lon qilingan kundan, ya'ni bugundan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
12:17
Urgutda prokuror o‘rinbosari qo‘lga olindi
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
17:00 / 25.06.2026