Hujjat bilan obektlar (qurilmalar) xavfsizligi talablariga rioya etilişi ta'minlanadi hamda ularni loyihalaş, işlab çiqariş, joylaştiriş, örnatiş, töğrilaş, foydalaniş, texnik xizmat körsatiş, ta'mirlaş, modernizatsiyalaş, utilizatsiya qiliş masalalari tartibga solinadi.
Norma’ning yozişiça, reglamentda quyidagi minimal şartlar nazarda tutilgan:
mexanik xavfsizlik talablari;
inson salomatligi uçun bino, quriliş va inşootlar taşqarisida harakatlaniş va faoliyat yuritişning xavfsizlik şartlari talablari;
taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) utilizatsiya qiliş jarayonida atrof-muhitga xavfsiz ta'siri talablari;
taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) öz xavfsizligini ta'minlaş va ularni joylaştiriş, örnatiş, tuzatiş, ma'lum hududda, şuningdek, bino, quriliş va inşootlarda foydalaniş xususiyatlari bilan boğliq hududiy joylaştiriş talablari.
Şuningdek reglamentda taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) xavfsizligini ta'minlovçi loyihalaş va işlab çiqariş, şu jumladan quriş, örnatiş va tuzatişda xavfsizlik talablari belgilangan.
Eslatib ötamiz, barça yuridik va jismoniy şaxslar texnik reglamentlarga rioya etişlari şart. Texnik reglamentlar amalga kiritilgaç, standartlaştiriş böyiça ularda körsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegişli normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yöqotadi hamda qöllanilişda ixtiyoriylik kasb etadi («Texnik jihatdan tartibga soliş töğrisida»gi Qonunning 22-moddasi).
Hujjat 21.02.2020 yildan kuçga kirdi.
















