Özbekiston Respublikasi harbiy prokurorining ikki nafar örinbosari tayinlandi. Bu haqda Harbiy prokuratura xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, adliya polkovnigi Bahodir Karimberdiyeviç Xudoyberdiyev Özbekiston Respublikasi boş prokurorining 2020 yil 3 mart kunidagi 223-sonli buyruği bilan Özbekiston Respublikasi harbiy prokurorining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Şuningdek, adliya mayori Sarvar Sattoroviç Muhitdinov Özbekiston Respublikasi boş prokurorining 2020 yil 3 mart kunidagi 225-sonli buyruği bilan Özbekiston Respublikasi harbiy prokurorining örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, general-mayor Şuhrat Uzoqov boş prokuror örinbosari - Özbekiston Respublikasi harbiy prokurori etib tayinlangani xabar qilingandi.
















