Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch, Xiva shaharlari atrofida himoya daraxtzorlari – “yashil belbog‘” barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjati loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligining Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida “yashil belbog‘” - himoya daraxtzorlari barpo etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:
“yashil belbog‘” barpo etiladigan yer maydonlarini tanlash,
loyiha-qidiruv va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;
loyiha-smeta hujjatlariga asosan o‘z vaqtida moliyalashtirilishini;
Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida “yashil belbog‘” himoya daraxtzorlarini barpo etilishini tashkil etsin.
Quyidagilar “yashil belbog‘” barpo etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va Xorazm viloyati mahalliy budjetining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish
va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar mablag‘lari;















