Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, yil davomida amaliy çora-tadbirlar işlab çiqiladi. Bunda:

harbiy xavfsizlikni ta'minlaş sohasida normativ-huquqiy asoslarni takomillaştiriş, şuningdek Qurolli Kuçlarni 2020-2025 yillarda rivojlantiriş böyiça Kompleks dasturni işlab çiqiş;

Mamlakat mudofaasini boşqariş milliy markazining avtomatlaştirilgan axborot tizimini yaratiş va uning faoliyatini taşkil qiliş;

Qurolli Kuçlar Boş ştabi qoşida jangovar şaylik masalalarini strategik darajada körib çiqadigan Muvofiqlaştiruvçi kengaşni tuziş;

qöşinlar tayyorgarligining intensivligi va sifatini kuçaytiriş, şu jumladan jangovar va tezkor tayyorgarlik böyiça turli maşqlar ötkaziş va boşqa tadbirlarni amalga oşiriş;

xalqaro talablar asosida öquv-jangovar tayyorgarlik obektlarining holatini yaxşilaş;

jangovar tayyorgarlikni avtomatik tarzda hisobga oliş tizimini yaratiş;

Qurolli Kuçlarni zamonaviy qurollar, texnika, harbiy-texnik va maxsus anjomlar bilan ta'minlaş maqsadida 2018-2021 yillarda qöşinlarni qurollar va harbiy texnikaning zamonaviy namunalari bilan ta'minlaş, modernizatsiya qiliş va ta'mirlaş işlari böyiça qabul qilingan kompleks dasturning sifatli bajarilişini ta'minlaş nazarda tutiladi.

Mas'ullar - Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DXX, IIV, FVV, Mudofaa sanoati davlat qömitasi, vazirlik va idoralar.