Tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) qurish uchun beriladigan yer uchastkalari, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar ro‘yxatini shakllantirish to‘g‘risida nizomda tuman (shahar) hokimligi vakolatli organ etib belgilangan, deb yozmoqda Norma.
Bunday obektlarni tanlashda mas'ul organ va tashkilotlar quyidagilar yuzasidan xulosa berishi lozim:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda - mahalliy hokimiyat organlari) tashabbusi bilan yoki davlat va nodavlat tashkilotlarining takliflari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) qurilishi uchun berilgan yer uchastkalari, bino va inshootlarning turlari, asosiy dizayn yechimlari va reklama tuzilmalarining o‘lchamlari, ularning joylashish xaritalari (sxemalari) ro‘yxati tuziladi.
Vakolatli organ yer uchastkalari, bino va inshootlarni aniqlash maqsadida xatlov o‘tkazadi, buning uchun:
- joyiga chiqqan holda va mutaxassislarni jalb qilib, maxsus jihozlardan foydalangan holda obektlarni (yer uchastkalarini) vizual tekshiruvdan o‘tkazadi;
- obektning joylashuv joyini aniqlaydi (geolokatsiya);
- tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) o‘rnatiladigan joy va obektni fotosuratga oladi;
- obektning manzilini aniqlaydi;
- obektning umumiy tavsifini va boshqa zarur ma'lumotlarni tuzib chiqadi.
Tashqi reklama vositalarini muhandislik tarmoqlari va boshqa kommunikatsiyalarga ulash zarurati tug‘ilganda, xatlov varag‘ida barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda tegishli belgi qo‘yiladi Har bir obekt uchun xatlov varaqasi hamda elektron shaklda reklama joyi pasporti rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar yuqorida ko‘rsatilgan organ va tashkilotlarga 5 ish kuni ichida tasdiqlash uchun yuboriladi, ular 5 ish kuni ichida tegishli xulosa va kelishuvlarni taqdim etadi.
Reklamadan xoli hududlar joylashuvi Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari va boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis palatalari, Oliy sud, hududiy hokimiyat organlari, davlat boshqaruv organlari va muassasalari, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obektlar va diniy obektlar binolari, shuningdek ularga tutash hududlar reklamadan xoli hududlar bo‘lib, reklama obektlari ulardan 50 metr masofada joylashtirilishi lozim.
















