Foto: Özavtosanoat

“Özavtosanoat” AJ va Volkswagen Group Rus  kompaniyasi örtasida hamkorlik töğrisidagi kelişuvni imzolaş marosimi bölib ötdi.

Kelişuv maqsadi “Jizzax avtomobil zavodi” MÇJ bazasida yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqarişni taşkil etiş, şuningdek işlab çiqarilgan texnikani sotiş tizimini yölga qöyişdan iborat. Zavod Volkswagen konsernining yölovçi va yuk taşişga möljallangan bir neça modeldagi yengil tijorat avtomobillarini töliq sanoat sikli böyiça işlab çiqarişga ixtisoslaşadi.

Volkswagen Group Rus yangi zamonaviy işlab çiqariş texnologiyalari va jarayonlarini taqdim etadi, şuningdek xodimlarni öqitişni amalga oşiradi. Zavod Volkswagen konsernining işlab çiqariş, sifat, xaridlar, yetkazib beriş va sotuv tizimlari boşqaruvi borasidagi zamonaviy standartlariga muvofiq iş yuritadi.

Şuningdek, korxona rejalariga mahalliy avtomobil butlovçi qismlari işlab çiqaruvçilarini (bugungi kunda ular “Özavtosanoat” AJga tegişli 30 ta yirik zavod va 160 dan ziyod örta hamda kiçik korxonalardan iborat) jalb qiliş orqali muayyan mahalliylaştiriş darajasini ta'minlaş ham kiradi.

Korxonaning işlab çiqariş quvvati yiliga 20 000 dona avtomobilga teng böladi.

Volkswagen Caddy

Bitim doirasida tomonlar hamkorlikni 2020 yilda Volkswagen Caddy modelini işlab çiqariş va sotiş bilan boşlaşga kelişib oldilar, u ikkita modifikatsiyada taklif etiladi: 7 örinli yölovçi universali va yuk furgoni. Uşbu model ham tijorat, ham oilaviy foydalanişga möljallangan. Avtomobil quvvati 110 o.k. va hajmi 1,6 litrli tejamkor benzinli dvigatel bilan jihozlanadi. Şahar sikli rejimida yoqilği sarfi 100 km.ga 9,3 l., trassada – 100 km.ga 6,1 l.ga töğri keladi.

Bundan taşqari, hamkorlik doirasida kelajakda Volkswagen Group konsernining keng modellar qatoridan boşqa namunalarni ham işlab çiqariş va keltiriş imkoniyati körib çiqiladi.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning yanvar oyi oxirlarida Özbekistonda Volkswagen kompaniyasi bilan hamkorlikda tijorat avtomobillari işlab çiqariş yölga qöyilişi