“Koronavirusning prezidentga yaqinlashishi oldini olish uchun barcha zarur choralar amalga oshirilmoqda. Aslida gap har bir fuqaro qila oladigan oddiy gigiyenik choralar haqida bormoqda”, deb aytgan Peskov jurnalistlarga.
U, shuningdek, Moskvada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat “keskin yomonlashmaganini” ma'lum qildi.
2 mart kuni Rossiya poytaxti Moskvada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat qayd etilgani, virus Italiyadan kelgan yigitda aniqlangani ma'lum qilingandi. Yigit va u bilan yaqin aloqada bo‘lgan 24 kishi shifoxonaga, u bilan bir samolyotda uchgan 83 kishi karantinga joylashtirilgan.
















