Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dorboz faol vulqon ustidan tortilgan arqondan yurib o‘tdi (video)
Ginness rekordlar kitobiga kirgan 41 yoshli amerikalik dorboz Nik Vallenda Nikaraguadagi uyg‘oq Masaya vulqoni ustidan tortilgan po‘lat arqondan yurib o‘tdi.

Foto: Videodan kadr
Valendaning o‘zi ushbu tryukni faoliyatidagi eng murakkabi deb atagan. U cho‘g‘lanib turgan lava bilan to‘lib-toshgan vulqon krateri ustidan undan chiqayotgan zararli bug‘lardan zaharlanmaslik uchun respiratorda o‘tgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu tryukni bajarish uchun Valenda bir necha yil mashq qilgan.
Dorboz vulqon ustidan tortilgan 550 metrlik arqonni 31 daqiqada yurib o‘tgan. Bu vaqtda uni 17 ta kamera va 4 ta dron tasvirga olib turgan.

635 metr balandlikda joylashgan vulqon Nikaragua poytaxti Managuadan 20 km uzoqlikda joylashgan.
Vallenda tortilgan arqondan ekstremal o‘tishlari bilan tanilgan. U o‘z vaqtida Niagara sharsharasi ustidan o‘tgan, ko‘zi bog‘loq holda Grand-Kanonni zabt etgan.
2019 yil iyunda ekstremal singlisi Liyana bilan birga Nyu-Yorkdagi ikkita osmono‘par bino o‘rtasida tortilgan arqondan yurib o‘tgan. Bu hodisani yerdan turib bir necha ming kishi kuzatgan. 396 metrlik arqon 25-qavat balandligida tortilgan bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi
Fan-texnika | 21:29
-
Malayziyada politsiya vertolyoti qulab tushdi
Jahon | 21:25
-
Prezident Chilonzor tumanidagi loyihalar bilan tanishdi
O‘zbekiston | 20:50
-
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 20:35
Mavzuga oid

20:29 / 02.06.2025
Italiyadagi Etna vulqoni yana otilishni boshladi

19:29 / 26.05.2025
Havayida Kilauea vulqoni otilishni boshladi

18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi

21:33 / 22.04.2025