Rewiev.uz xabarida qayd etilişiça, qaror prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi «Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020—2030 yillarga möljallangan strategiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi farmoni ijrosini ta'minlaş, davlat buyurtmasi hajmlarini bosqiçma-bosqiç kamaytiriş, şu jumladan, paxta xomaşyosi yetiştiriş, xarid qiliş va sotişda erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etiş, uşbu yönalişda fermer xöjaliklari manfaatdorligini oşiriş hamda qişloq xöjaligi sohasiga investitsiyalarni keng jalb qiliş maqsadida qabul qilindi.
Unda, birinçidan, 2020 yil hosilidan boşlab:
- davlat tomonidan paxta xomaşyosi işlab çiqariş va sotiş rejasini belgilaş amaliyoti bekor qilinadi;
- paxta xomaşyosining xarid narxini belgilaş amaliyotidan voz keçiladi;
- paxta xomaşyosi yetiştiruvçilarga rayonlaştirilgan navlarni erkin tanlaş huquqi beriladi;
- sertifikatlangan uruğlik yetkazib beriş tizimi saqlab qolinadi.
Ikkinçidan, paxta-töqimaçilik klasterlari taşkil etilmagan hududlarda paxta tozalaş korxonalari iştirokida fermer xöjaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyasi taşkil etiladi.
Koorperatsiyaning asosiy vazifalari:
- kooperatsiya a'zolari tomonidan, texnika, uskuna, transport vositalaridan va paxta tozalaş zavodlaridan birgalikda foydalanişni taşkil etiş;
- kooperatsiya a'zolarini qişloq xöjaligi texnikasi, yonilği-moylaş materiallari, öğit, uruğlar, şuningdek, kimyoviy himoya vositalari bilan ta'minlaş;
- işlab çiqarilgan mahsulotlarni tayyorlaş, taşiş, saqlaş, qayta işlaş va sotişni taşkillaştiriş;
- qişloq xöjaligi birlaşmalari a'zolariga agrotexnika, buxgalterlik, konsalting, vositaçilik va boşqa xizmatlarni körsatiş.
Uçinçidan, paxta xomaşyosi yetiştiriş va qayta işlaşni kreditlaşning yangi mexanizmi joriy etiladi.
2020 yil 15 martdan boşlab:
a) paxta xomaşyosi yetiştiriş xarajatlarini moliyalaştiriş uçun tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi jamğarma mablağlari hisobidan 12 oy muddatgaça yetiştiriladigan paxta umumiy qiymatining 50 foizigaça bölgan miqdorda moliyalaştirilganda yillik 8 foiz, 60 foizigaça bölgan miqdorda moliyalaştirilganda yillik 10 foiz stavkadan (şundan bank marjasi 2 foiz) oşmagan mikdorda kreditlar ajratiladi.













