Unda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikning Özbekiston milliy iqtisodiyotiga ta'sirini kompleks örganiş natijasida tegişli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oşirilişi zarur böladigan çora-tadbirlar belgilandi hamda YeOII bilan kuzatuvçi-davlat maqomida hamkorlik qiliş taklifi ma'qullandi.
Yiğiliş yakuni böyiça tahliliy va kompleks baholaş işlari asosida işlab çiqilgan xulosa va takliflarni Oliy Majlis palatalariga taqdim etiş yuzasidan qaror qabul qilindi.
Xöş, Özbekistonning kuzatuvçi-davlat maqomi qanday böladi?
Uşbu masala «Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvçi davlat maqomi töğrisida»gi nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjatga köra, YeOII bilan hamkorlik qiliş maqsadida bölgan davlat ittifoq oliy kengaşi raisi nomiga kuzatuvçi maqomini beriş töğrisidagi sörovnoma yuboradi.
YeOII a'zolari ma'lumot olingan kundan boşlab 30 kun içida komissiyaga öz pozitsiyalari töğrisida axborot taqdim etadilar. Maqom beriş töğrisidagi qaror oliy kengaş tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya kuzatuvçi maqomini beriş töğrisidagi masalani oliy kengaş tomonidan körib çiqiş natijalariga köra, diplomatik kanallar orqali qabul qilingan qaror töğrisida tegişli hujjat kuçga kirgandan keyin 5 kun içida murojaat qilgan davlatni yozma ravişda xabardor qiladi.
Agar Özbekiston kuzatuvçi maqomiga ega bölsa, hukumat komissiyaga doimiy ravişda işlaş uçun vakolat berilgan vakilni yuboradi.
Özbekiston vakili hukumat bilan ittifoq doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, texnik, bojxona, sanitariya va fitosanitariya reglamentlarini tartibga soliş, Komissiya vakolatiga kiradigan boşqa masalalar böyiça doimiy aloqalarni örnatiş va qöllab-quvvatlaşga mas'ul böladi.
Kuzatuvçi davlatning vakolatli vakillari YeOII taklifiga binoan, ittifoq organlari yiğilişlarida iştirok etiş, qabul qilingan qarorlar bilan tanişiş (maxfiy hujjatlar bundan mustasno) huquqiga ega. Kuzatuvçi maqomi ittifoq organlarida qaror qabul qilişda iştirok etiş imkoniyatini bermaydi.












