Samarqandda Markaziy Osiyo sudyalar muloqotining ikkinçi raundi ötkazildi. Unda söz erkinligini ta'minlaş, bu borada sudlarning örni haqida söz bordi.
Konferensiyada qatnaşgan asosiy ma'ruzaçi — YeXHTning OAV erkinligi böyiça vakili Arlem Dezir bir gapni aytdi: «Rivojlanişni xohlagan jamiyat söz erkinligini hurmat qilişi kerak».
Çindan, nafaqat mamlakat, balki jamiyat ham özini hurmat qilsa, söz erkinligiga erişiş uçun harakat qilişi kerak. Xöş, söz erkinligi nima özi? Uning çegarasi bormi?
Davlat katta struktura va tabiiyki uni nazorat qiliş murakkab jarayon. Söz erkinligi aynan mana şu borada davlatga qöl keladi. Siz har bir rahbarni xohlagança koyişingiz mumkin, lekin uni doim nazorat qilişda qiynalasiz. Agar jamiyatda söz erkinligi bölsa, matbuot erkin bölsa, tabiiyki har qanday rahbar işini bilib qiladi, xato qilişdan qörqadi. Bu fikrlarimiz hozirgi kunda bizda şakllanişi kerak bölgan söz erkinligi haqida. Jamiyat yillar davomida söz erkinligi bilan yaşasa, keyinçalik söz va matbuot erkinligisiz hayotini tasavvur qila olmaydigan avlod paydo böladi. AQŞda şu sabab matbuot kuçli, şu bois ularda jurnalistlar maşhur sportçi va aktyorlar kabi katta maoş oladi.
Söz erkinligi qayerdan boşlanadi? Albatta, söz erkinligining alohida ta'rifi yöq, u mana bu yerdan boşlanib, mana bu yerda tugaydi deb aytib bölmaydi. Söz erkinligi avvalo fikr erkinligidan boşlanadi. Söz erkinligi mavjud bölmagan yerda fikr erkinligi ham bölmaydi. Odamlar taqiqlangan narsalar haqida öylaşga ham qörqadi.
Şu örinda xuddi «Tovuq oldin paydo bölganmi yoki tuxummi?» mazmunidagi savol paydo böladi: avval söz erkinligini paydo böladimi yoki fikr erkinligi? Bu borada ham bahslaşiş mumkin.
Söz erkinligini kim yaratadi, davlatmi yoki xalq? Men ular birgalikda yaratadi degan bölardim. Davlat «Böldi, bugundan söz erkinligi böladi» degani bilan masala hal bölib qolmaydi. Bu uçun jamiyat şu narsasiz yaşab bölmasligini, söz va matbuot erkin bölmasa, hayot yomonroq bölişini his qilib söz erkinligiga ehtiyoj sezişi kerak.
Tabiiyki, faqat odamlarning xohişi bilan ham heç narsa bölmaydi, davlat bunga javob berişi kerak. Özbekistonda sönggi yillarda davlat ham, jamiyat ham söz erkinligi amalda bölişini xohlayotgandek va bu juda yaxşi. Hamma ham aniq xohlamoqda deyiş uçun esa faktlar yetarli emas. Masalan, OAVni körarga közi yöq ayrim rahbarlar uçun söz erkinligi dahşatning özginasi. Ular uçun söz va matbuot erkinligi bu – sotqinlik!
Aytaylik, biror MTM xodimi tinçgina qinğir işini qilib, bolalar uçun möljallangan yeguliklarni maşinasiga ortib uyiga olib ketayotganida qayerdandir bir jurnalist paydo bölib, uni videoga oladi va «Odamlar, mana bu kişi bolalarimizning rizqini qiymoqda», deydi. Tegişli idoralar esa şu asosda qonunbuzarlikka çek qöyadi. Tabiiyki, mansabdorning «tirikçiligi» rasvo böladi (Aslida, qonunbuzarlik orqali pul topişni tirikçilik emas, ölikçilik desa töğriroq bölar).












