8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, jamiyatning asosiy negizi bölgan oila qörğonini mustahkam himoya qiliş hamda ayol harbiy xizmatçilarning salohiyatlarini yanada oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimida faoliyat yuritayotgan harbiy ayollar örtasida «Tömaris avlodlari» körik-tanlovi bölib ötdi.
Har biri 6 şartdan iborat ikki bosqiçda ötkazilgan tanlov xavfsizlik sohasida xizmat qilayotgan iste'dodli, zukko, harbiy tayyorgarligi yuqori bölgan xotin-qizlarni tanlab olişga qaratildi. Unda ayollarning nafaqat aqliy salohiyatlari, balki jismoniy epçilliklari ham sinovdan ötkazildi.
Tanlov iştirokçilarining har bir çiqişlari hakamlar hay'ati tomonidan adolat mezoni asosida odilona baholandi. Ğoliblar maxsus diplom va pul mukofotlari hamda kasbiy faoliyatda va farzandlar tarbiyasida zarur böladigan kitoblar bilan taqdirlandilar.











