Yillar bu jarayonni yanada tezlaştirmoqda. Avvallari MDH davlatlariga işga boriş bilan çeklangan özbekistonliklar bugungi kunda dunyoning deyarli hamma nuqtasida bor. Asosiy yönaliş Rossiya bölgani holda Janubiy Koreya, Qozoğiston, AQŞ, Yevropa va Yaqin Şarq davlatlari sari otlanayotganlar soni yildan yilga köpaymoqda.

Odamlarimizning çet elda işlayotganlar topgan pullar töğrisidagi eşitganlari oğizdan-oğizga köçib yuradi va yangi xohlovçilarni paydo qilaveradi. Qişloq xöjaligidagi islohotlar natijasini sezmayotgan, tadbirkorlikda byurokratik tösiqlarga yengilgan yoki omadi yurişmagan, davlat işida maoş kamligidan rözğor tebrata olmayotganlar xorijga yöl olayotganlar armiyasini muttasil töldiraveradi.

Ming afsuski, telekanallardagi yarqiroq lavhalarda yoritilgan iş örinlari haqidagi ma'lumotlar köp hollarda puç bölib çiqadi, real ehtiyojni qoplamaydi, köp yillik qarsakbozlik an'analari uçungina xizmat qilayotgan böladi. Tabiiyki, har qanday mahalliy iş beruvçi bilan taqqoslaganda xorij varianti jozibador körinaveradi. Tilni, öşa davlatni bilmaslik, tavakkalçilik, aldanib qoliş va hatto hayot uçun real xavflar ham bu istakni söndira olmaydi.

Bozor qonuniyati şunday, talab bormi, albatta taklif ham paydo böladi. Oldin xalq tilida «posrednik» deyiladigan, amalda oğzaki kelişuvlarga köra odamlarni iş bilan ta'minlaş evaziga ma'lum haq oluvçilar guruhi işlab kelgan (va işlab kelayotgan) bölsa, sönggi yillarda bunga qonuniy tus berişga harakat qilinib, xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga ruxsat berildi. Ammo juda qisqa muddat içida bir neça firibgar vakillari sabab bu soha öz nomini qora qilişga ulgurdi.

Özbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga 2018 yil kuzidan boşlab ruxsat berilgan edi. Şundan keyin ötgan bir yil davomida 66ta agentlik fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş bilan şuğullaniş uçun litsenziya olgan. Ulardan bir neçtasi firibgarlik yöli bilan köplab mablağni özlaştirib yuborgani böyiça tergov olib borilyapti.

«Human» agentligidan jabrlangan fuqarolar böyiça sud işlari yakunlanib, 21 mlrd sömdan ortiq mablağ hukumat nazorati ostida maxsus jamğarma orqali tölab ham berildi.

Şu örinda savol tuğiladi, firibgarlik qilganlar tegişli jazoga tortilişar, ammo bu bilan xorijga çiqişga harakatlar töxtab qoladimi? Aslo yöq.

Sabablari aniq va oddiy: aholi şiddat bilan köpayişda davom etmoqda, yaratilayotgan iş örinlari yetmaydi, bori ham mehnatga tölanuvçi haq jihatdan talabga javob bermaydi, xorijdagi bir kişining omadi yuzlab tanişlariga çaqiriq bölaveradi.

Lekin şu yerda qiziq bir jihat körinadi – xorijga yöl olmoqçi bölganlar öşa yerdagi mehnat bozorida raqobatga kirişa oladilarmi? Xususiy bandlik agentliklariga pul tölab kuyib qolganlar Germaniya, Çexiya, Şveytsariya va hatto AQŞga boriş niyatida şartnoma tuzganlari, endi esa aldanib qolganlarini ta'kidlaşadi. Ammo ularning mutlaq köpçiligi hatto Rossiyaga ham bormagan, xorijiy tillarni bilmaydi, rivojlangan davlatlar mehnat bozori talabiga mos keluvçi malakaga ega emas, qölida uyoqda iş berişi aniq bölgan hunari yöq. Qisqaça qilib aytganda, hatto omad kelib, jönab ketilganda ham hammasi tavakkalçilikka asoslanadi.