Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritiladi:

179-modda (Soxta tadbirkorlik) çiqarib taşlanadi;

182-modda (Bojxona töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş) quyidagi mazmundagi uçinçi qism bilan töldiriladi:

«Uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan jinoyatni birinçi marta sodir etgan şaxs, agar u jinoyat işi qözğatilgan kundan e'tiboran öttiz kun içida bojxona tölovlarini töliq tölasa, javobgarlikdan ozod etiladi»;

192-modda (Raqobatçini obrösizlantiriş) çiqarib taşlanadi;

242-modda (Jinoiy uyuşma taşkil etiş) quyidagi mazmundagi uçinçi qism bilan töldiriladi:

«Yuridik şaxsning muassislari, rahbarlari, xodimlari, uning tuzilmaviy bölinmalari rahbarlari, xodimlari yuridik şaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yoki boşqa iqtisodiy faoliyatni amalga oşiriş bilan boğliq jinoyatlar uçun uşbu moddaning birinçi qismi böyiça jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, bundan yuridik şaxs, uning tuzilmaviy bölinmasi bir yoki bir neçta oğir yoki öta oğir jinoyatlar sodir etiş uçun atayin taşkil etilganligi hollari mustasno».