9 mart kuni holatiga köra, Xitoydan taşqarida jahonning 103 mamlakatida 30 mingga yaqin kişi koronavirusga çalingan, sönggi kun içida bu davlatlarda aniqlangan holatlar 3,9 mingga oşgan.
South China Morning Post naşri ma'lumotiga köra, şu vaqtgaça virusdan tuzalib ketganlar soni 62 396 nafarni taşkil qilmoqda.
Xitoydan taşqarida koronavirusdan vafot etganlar soni bir kun içida 503 nafardan 720 nafargaça oşdi: Italiyada virus keltirib çiqaradigan zotiljamdan 366 kişi, Eronda – 194, Janubiy Koreyada – 53, AQŞda – 22, Fransiyada – 19, Ispaniyada – 17, Yaponiyada – 14 («Daymon Prinsess» kemasidagilar bilan birga), Iroqda – 6, Avstraliya, Britaniya, Hongkong va Niderlandiyada – 3 nafardan, Şveytsariyada – 2, Misr, Tailand, Tayvan, Filippin, San-Marino va Argentinada bir nafardan bemor vafot etgan.
Virusga çalinganlar soni Janubiy Koreyada 7478 nafarni, Italiyada – 7375, Eronda – 6566, Fransiyada – 1209, Yaponiyada – 1198 («Daymon Prinsess» kemasidagilar bilan birga), Germaniyada – 1112, Ispaniyada – 675, AQŞda – 564, Şveytsariyada – 337, Britaniyada – 278, Niderlandiyada – 265, Şvetsiyada – 203, Belgiyada – 200, Norvegiyada – 177, Singapurda – 150, Kanadada – 132, Malayziyada – 117, Hongkongda – 115, Avstriyada – 112, Bahraynda 109 nafarni taşkil qilmoqda.
Şuningdek, yana önlab davlatlarda 100tagaça bölgan kasallaniş holatlari qayd etilgan.













