Brent narxi 14 dollarga arzonlaşib, 31,5 dollarni taşkil qilgan. Uşbu turdagi neft narxi bunday past qiymatga 2016 yil yanvarda, ungaça esa 2004 yil bahorida tuşib ketgan.
WTI navidagi neft 27 foizga arzonlaşib, narxi 30,27 dollarni taşkil qilgan. Uşbu neft oxirgi marta 30,3 dollarga 2016 va 2003 yillarda tuşgan.
OPeK+’ga kiruvçi davlatlarning 6 mart kunidagi muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Tomonlar bitimning yangi körsatkiçlari yoki amaldagi kelişuvning muddatini uzaytiriş böyiça kelişa olişmagan. Rossiya amaldagi şartlar saqlanib qolişini qöllab-quvvatlagan bölsa, Saudiya Arabistoni neft qazib oliş hajmini kamaytirişni talab qilgan. Natijada 1 apreldan kelişuv iştirokçilarining neft qazib olişni kamaytariş böyiça majburiyatlari bekor qilinadi.
OPeK va unga kirmaydigan davlatlarning (OPeK+) neft qazib olişni kamaytiriş böyiça kelişuvi 2017 yil boşidan beri amal qilib kelgandi. 2019 yil oxirigaça kelişuv 2018 yil oktyabrdagi hajmdan 1,2 mln barrel kamroq neft qazib olişni közda tutgan. Joriy çorak uçun esa alyans neft qazib oliş hajmini kuniga 1,7 mln barrelga qisqartirgan.












