Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada xorijliklarga mamlakat fuqaroligini olishni osonlashtirish ko‘zda tutilmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan davlat migratsiya siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar ro‘yxatini tasdiqladi.
Migratsiya rejimini va Rossiya Federatsiyasining fuqarolik institutini isloh qilish bo‘yicha quyidagi takliflar ilgari surilmoqda:
Doimiy yashash (yashash uchun ruxsatnoma) ruxsatnomasi asosiy migratsiya maqomiga aylanadi, bu kelajakda chet el fuqarosiga Rossiya fuqaroligini olish uchun umumiy va soddalashtirilgan tartibda murojaat qilish huquqini beradi.
Yashashga ruxsat olish uchun davlat axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish, Rossiya hududida yashash, Rossiya qonunlariga rioya qilish, xavfli kasalliklarning yo‘qligi va rus tilini bilish yetarli bo‘ladi.
Qayd etilishicha, yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati cheklanmaydi. Chet el fuqarosi o‘zi istagan vaqtda yashash huquqidan voz kechish va Rossiya hududida qonuniy yashash uchun boshqa maqom olish huquqiga ega bo‘ladi.
Yashash uchun ruxsat so‘ramasdan va Rossiya fuqaroligini olmasdan har qanday qonuniy maqsadlar uchun, shu jumladan ishlash va ma'lumot olish uchun uzoq muddatli (yiliga 90 kundan ortiq) yagona migratsiya rejimi joriy etiladi.
Bu qoidani Rossiya Federatsiyasiga viza talab qilinmaydigan tartibda kirgan (Belarus fuqarolaridan tashqari) barcha xorijiy fuqarolarga, jumladan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar fuqarolariga qo‘llash taklif etilmoqda.
Xorijiy fuqaroning Rossiya Federatsiyasida uzoq muddat bo‘lish huquqini olish uchun undan biometrik shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat axborot tizimida tasdiqlangan hisob qaydnomasi mavjudligi, xavfli yuqumli kasalliklarning yo‘qligi va elektron axborot tashuvchisi yordamida yagona hujjat olish talab qilinadi.
Taklifga ko‘ra, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlarning fuqarolariga nisbatan mehnat bozoriga kirishda cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi (Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomada ruxsat etilgan hollardan tashqari).
Eslatib o‘tamiz, hozirda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a'zolari hisoblanadi. Moldova va O‘zbekiston ushbu tashkilotda kuzatuvchi davlat maqomida bo‘lib, YeOII bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilish taklifi 6 mart kuni ma'qullandi.
Mavzuga oid
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
10:02 / 13.06.2026