Samarqandda kulolçilik neolit davridan buyon mavjud bölsa-da, uning eng rivojlangan davrlari eramizning IX–XII asrlarga töğri keladi. Sanoat rivojlangan davrga kelib bu soha ança susaydi, sönggi ön yilliklarda uning ayrim körinişlari hatto yöqolib ketiş xavfi ostida qoldi.
Ana şunday paytda kulollar sulolasini davom ettirib kelayotgan hunarmand oilalar öz maktabini taşkil etdi. Ulardan biri – Bobomurodovlar sulolasi.
Ilhom Bobomurodov yuksak iste'dod egasi bölgan usta kulollardan biri. Uning ustaxonasida bölar ekansiz, butun kulolçilik sohasining jozibasi köz öngingizda namoyon böladi. Oddiy loydan şu qadar çiroyli san'at asari yaratilişi sizni hayratga soladi.



Terakota va sirlangan idiş-tovoqlar, turli rözğor buyumlari, ertak-afsona qahramonlari ustaxonaga terib qöyilgan. Ayni şu ustaxonada turli ranglarda işlangan sopol laganlar bugun Samarqanddagi köplab restoranlarda işlatiladi.
Loydan yaralgan bu asarlarning asosiy iştiyoqmandlari – sayyohlar.


Sulola davomçilaridan Ilhom Bobomurodovning öğli Mehrojiddin bizga kulolçilik maktabi haqda qisqaça sözlab berdi.
«Qöl mehnati bilan yaratilgan buyumlarga butun dunyoda qiziqiş juda yuqori. Maktabimizga bugungaça Turkiya, Rossiya, Yaponiya, Qatar va yana köplab mamlakatlardan sohaga qiziquvçilar kelib tajriba almaşgan. Özimiz ham dunyoning turli davlatlariga borib körgazmalarda iştirok etib kelamiz.
Bizning kulolçilik yönalişimiz Afrosiyob uslubi deyiladi. Dadam bu uslubda kulolçilik maktabini yaratgan Özbekiston xalq rassomi, usta kulol Umar Jöraqulovning şogirdi hisoblananadi.






















