Jahondagi eng yirik neft işlab çiqaruvçilardan biri bölgan Saudi Aramco apreldan sutkasiga 12,3 mln barrelgaça neft qazib oladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Bu OPeK va OPeK+ a'zolari örtasida tuzilgan bitimda körsatilgan hajmga nisbatan 26 foizga köpdir. Bitimga köra, Saudi Aramco 2020 yilning birinçi çoragida sutkasiga 9,7 mln barrel neft qazib oliş majburiyatini olgandi.
1 apreldan OPeK+ bitimi bekor böladi, çunki Rossiya 6 mart kuni Venada bölib ötgan uçraşuvda neft qazib olişni qöşimça qisqartirişga rozi bölmadi.
Duşanba kuni Brent nefti narxi 20 foizdan ortiqroqqa tuşib ketdi va bu jahon birjalariga salbiy ta'sir qildi.
Neft narxining pasayişi ortidan Rossiya rublining AQŞ dollari va yevroga nisbatan qiymati keskin tuşib ketdi.
Taniqli iqtisodçi Yuliy Yusupovning fikriça, neft narxi tuşişda davom etsa, bu Özbekiston milliy valutasi sömning devalvatsiyasiga sabab bölişi mumkin.

















