Reuters naşri xabar berişiça, Hindiston hukumati mamlakatda koronavirus tarqalişining oldini oliş uçun qöşni Myanma bilan çegaralarni yopib qöydi.

Myanmada koronavirus bilan boğliq biror holat qayd etilmagan bölsa-da, Janubiy Osiyoda virus bilan boğliq holatlar köpaygan.

Şuningdek, Fransiya, Ispaniya va Germaniya fuqarolariga viza beriş vaqtinça töxtatib qöyilgan. Çeklovlar virusdan eng köp zarar körgan mamlakatlar – Xitoy, Italiya, Eron, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakat fuqarolari uçun ham qöllangan.

«COVID-19 yuqişining oldini oliş çora-tadbirlarini kuçaytiriş maqsadida Myanma bilan çegaralarni yopmoqdamiz», deydi şimoli-şarqiy Manipur ştatining boş vaziri Biren Singh. 

Şu bilan birga, ştatdagi barça maktab va kinoteatrlar ham yopilgan. 

Ayni vaqtda Hindistonda koronavirus bilan boğliq 52ta holat tasdiqlangan bölib, hukumat fuqarolardan imkon qadar çet el safarlarini bekor qilişni söramoqda.

Sönggi ma'lumotlarga köra, dunyo böyiça virusdan zararlanişning 121 mingdan ortiq holati qayd etilgan, virus qurbonlari soni 4383 nafarni taşkil qilmoqda, 66 mingdan ortiq kişi soğayib ketgan.