Hukumat qarori bilan «Dramaturglar uçun Mahmudxöja Behbudiy nomidagi mukofot töğrisida» hamda «Yoş rejissyorlar uçun Bahodir Yöldoşev nomidagi mukofot töğrisida»gi nizomlar tasdiqlandi.
Nizomlarga köra, mukofot ğoliblarini aniqlaş uçun har 2 yilda 1 marotaba tanlov ötkaziladi.
Mukofotlar bilan rejissura va dramaturgiya sohalarida faol ijod qilayotgan rejissyor va dramaturglar teatrlar repertuarini dolzarb mavzudagi sahna asarlari bilan boyitişga qöşgan munosib hissasi uçun taqdirlanadi.
Ğoliblarga mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 50 barobari miqdorida 1 martalik pul mukofoti hamda diplom va statuetkalar beriladi.
Ijodkorlarni mukofotlar bilan taqdirlaş böyiça takliflar tegişli taşkilotlar tomonidan Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi.
Madaniyat vazirligi nomzodlar böyiça takliflarni körib çiqib, tanlov ötkazilayotgan yilning 1 fevraligaça tegişli komissiyaga taqdim etadi.
Komissiya 1 martgaça nomzodlarning hujjatlarini örganib çiqib, har bir mukofot böyiça eng munosib 1 nafardan nomzod böyiça yakuniy qaror qabul qiladi.
Mukofotlar 27 mart – Xalqaro teatr kuni arafasida Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri yoki uning tegişli örinbosari tomonidan tantanali tarzda topşiriladi.
Mahmudxöja Behbudiy (1875-1919) - taniqli dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidçilik harakati yetakçilaridan biri.
Bahodir Yöldoşev (1945-2021) - atoqli rejissyor, Özbekiston Respublikasi san’at arbobi, xalq artisti, köplab spektakllarni sahnalaştirgan, bir qator filmlarda suratga tuşgan.












