Qarorda aytilişiça, Özbekiston tarixida ğoyat murakkab va sinovli davr bölgan XX asr boşida maydonga çiqqan Mahmudxöja Behbudiy Turkiston jadidlik harakatining asosçisidir. U milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, adabiyot va san’at, matbuot sohalarini rivojlantiriş, jahondagi ilğor taraqqiyot yutuqlarini özlaştiriş orqali xalqimizning ongu tafakkurini yuksaltiriş hamda hurriyatga erişiş yölida öz hayotini baxş etgan fidoyi inson.
Mahmudxöja Behbudiy çor hukumati va mahalliy mutaassib kuçlarning mislsiz qarşiligiga qaramasdan, birinçilar qatorida ilk zamonaviy maktablar taşkil qiliş, ular uçun zarur darsliklar yaratiş, naşriyot va teatrlar barpo etiş işlariga boş-qoş böldi. Mohir publitsist sifatida öz davrining dolzarb muammolariga bağişlangan qator salmoqli asarlar va ikki yuzdan ortiq maqolalar yaratdi. Şu bilan birga, “Samarqand” gazetasi hamda “Oyina” jurnaliga asos soldi. 1914 yilda “Turon” teatrida sahnalaştirilgan “Padarkuş” pesasi orqali ölkamizda teatr san’atining tamal toşini qöydi. Atoqli adib va jamoat arbobi 44 yoşida qatağon qurboni böldi.
Qarorga köra, Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nişonlaş maqsadida quyidagi çoralar köriladi:
- Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 150 yilligini nişonlaş böyiça taşkiliy qömita tuziş;
- “Tanlangan asarlar” töplami, uning hayoti va faoliyatiga bağişlangan ilmiy-ommabop kitoblarni naşrga tayyorlaş va çop etiş;
- Mahmudxöja Behbudiy haqida spektakllar sahnalaştiriş hamda bugungi kunga qadar yaratilgan “Mahmudxöja Behbudiy” kinoseriali va “Xalq yuragi” badiiy-publitsistik filmlarining ommaviy namoyişlarini taşkil qiliş;
- Badiiy akademiyaning Markaziy körgazmalar zalida Mahmudxöja Behbudiy hayoti va ijodi, şuningdek, Turkiston jadidlik harakati namoyandalarining faoliyatiga oid tasviriy san’at asarlari körgazmasini uyuştiriş;
- umumiy örta ta’lim muassasalari, ijod maktablari öquvçilari, “Temurbeklar maktablari” kursantlari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida “Mahmudxöja Behbudiy saboqlari” mavzusida inşolar tanlovini ötkaziş va ğoliblarni munosib taqdirlaş;
- barça böğindagi ta’lim muassasalari, kutubxonalar, mehnat jamoalari, mahallalar va harbiy qismlarda taniqli olimlar va adiblar iştirokida Mahmudxöja Behbudiy hayoti va ijodiga bağişlangan ijodiy uçraşuvlar, adabiyot va kitobxonlik keçalarini taşkil qiliş;












