Özi nima bölgan edi?

Rossiya va Ukraina örtasidagi munosabatlar keskinlaşgan 2014 yilning 17 iyul kunida Donetsk osmonida Malaysia Airlanes aviakompaniyasiga qaraşli «Boing 777» halokatga uçraydi. Layner Amsterdamdan Kuala-Lumpurga belgilangan parvozni amalga oşirayotgan vaqtda urib tuşirilgan. Bortdagi 298 yölovçining barçasi halok böladi. Ular orasida Niderlandiyaning 192 nafar, Malayziyaning 44 nafar, Avstraliyaning 27 nafar fuqarosi bor edi. Şuningdek, yana 7 mamlakat fuqarolari «Boing 777» qulaşi oqibatida halok bölgandi.

Samolyot «Buk» zenit-raketa majmuasi (Rossiyada işlab çiqarilgan) bilan urib tuşiriladi. Bu aviahalokat talafot borasida 2001 yil 11 sentyabrdagi halokatdan keyingi eng yirigi bölgandi. Niderlandiya samolyotdagilarning aksari öz fuqarolari bölgani sabab bu işga jiddiy kirişdi va şu bois aynan Niderlandiyada iş yuzasidan sud boşlandi. VVS voqea tafsilotlarini tahlil qildi.

Kimlar ayblanmoqda?

AFP

Niderlandiya tomoni olib borgan suriştiruvga köra, samolyotni urib tuşirişda quyidagi odamlar qatnaşgan bölişi mumkin:

* Sergey Dubinskiy. Rossiya fuqarosi. Rossiya davlat razvedka xizmati (GRU)ning iste'fodagi ofitseri.

* Oleg Pulatov. Rossiya fuqarosi. Rossiya havo desantçi kuçlari (VDV)ning zaxiradagi podpolkovnigi.

* Leonid Xarçenko. Ukraina fuqarosi. DXR (Donetsk xalq respublikasi) razvedka maxsus kuçlari komandiri.

* Igor Girkin (Strelkov). Rossiya fuqarosi. FSBning iste'fodagi ofitseri. DXR mudofaa vaziri.

Dubinskiy, Pulatov va Strelkov Rossiyada, Xarçenko esa Ukrainaning hukumat kuçlari nazoratida bölmagan qismida yaşaydi. Ularning barçasi xalqaro qidiruvga berilgan. Sergey Dubinskiy öziga qöyilgan barça ayblovlarni rad etgan: «Armiyaga biroz bölsa ham aloqasi bölgan odam transportirovka bilan şuğullangan razvedkaçi uçun «Buk»ni örnatiş fantastika ekanini tuşunadi».

Igor Girkin: «Axir bu katta işda kimdir «qurbonlik eçkisi» sifatida tanlanişi kerak edi. Şu bois men va xuddi men kabi umuman bu işni qilişi mumkin bölmagan odamlar ayblanmoqda».