Turkiyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallaniş böyiça dastlabki holat aniqlandi. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Faxriddin Xöja ma'lum qildi.
Vazirlik matbuot anjumanida Xitoyning Uhan şahrida 2019 yilning dekabrida paydo bölgan yangi turdagi koronavirusning boşqa köplab mamlakatlarga 1-2 haftada tarqalganiga qaramay, Turkiya mazkur jarayonda katta muvaffaqiyat körsatgani qayd etib ötilgan.
«Afsuski, odamlar har doim bir mamlakatdan ikkinçisiga köçib ötadigan dunyoda, qarşilik va ehtiyotkorlik çoralari qanday bölişidan qat'i nazar, ba'zi bir oqibatlarning oldini oliş mumkin emas. Agar biz dunyo bilan aloqamizni butunlay töxtatib qöyganimizda edi, men hozir sizning oldingizda bölmas edim. Bu yerda bölişimning sababi şaffoflik va sizga qayğuli, ammo qörqinçli yangiliklar haqida xabarni yetkazişdan iboratdir. Bugun keçqurun koronavirusga şubha qilingan fuqaroning test natijasi ijobiy çiqdi.
Taşxis yuqori isitma va yötal şikoyatlarining sababini örganiş natijasida aniqlandi. Bemor virusni Yevropa orqali yuqtirgan. U taşqi dunyodan butunlay ajratildi. Xasta bir erkak kişi bölib, hozirda umumiy ahvoli yaxşi. Oilaning barça a'zolari va yaqinlari nazorat ostida. Bemorning şaxsiy hayotini himoya qiliş nuqtayi nazaridan batafsil ma'lumot almaşiş örinli emas edi. Bu bizning mamlakatimizda birinçi holat. Ma'lumotlarga köra, taşxis erta qöyilgan. Agar virus yuqtirilgan bölsa, bu juda çeklangan», degan vazir.

Şuningdek, vazir mamlakat fuqarolariga majburiy bölmagan taqdirda çet elga çiqmaslikni tavsiya qilgan.
«Vazirligimiz tomonidan e'lon qilingan koronavirusdan himoyalaniş qoidalariga rioya qilişimiz kerak. Uşbu çoralarda bizning kalit sözimiz 14. Xorijdan qaytayotganlar uçun 14 kunlik qoida. Biz ulardan özlarini 14 kun davomida ihota qilişni söraymiz», degan u.
Sönggi ma'lumotlar
11 mart holatiga köra, virusdan zararlanganlar soni 119 375 nafarga yetgan, virus qurbonlari soni 4300 nafar. 66 582 kişi tuzalib ketgan.
Italiyada 10 mart kuni 168 kişi virus qurboniga aylangan va jami qurbonlar soni 631 nafarga yetgan. Mamlakatda COVID-19 aniqlanganlar soni 10 149 nafarga yetdi - bir kunda 977ta yangi holat qayd etildi.


















