«Daromad 100 mln so‘mgacha bo‘lsa, qat'iy belgilangan soliq to‘lanadi». DSQ xonandalarni soliqqa tortish tartibini tushuntirdi
Bugun, 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarov xonandalarga soliq to‘lash tartibining joriy qilinishi haqidagi savolga javob berdi.

Foto: Flickr / Ben Grey
Uning bildirishicha, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab san'atkorlardan yangicha tartibda soliq undirish joriy etilgan. Mazkur masala so‘nggi 3 yillikda soliq siyosatini takomillashtirish doirasida har yilgi parametrlarda muhokama qilingan.
“Xonandalik faoliyatini amalga oshirishda ruxsatnoma olishdagi davlat boji stavkasi pasaytirildi va ularga soliq to‘lash joriy qilindi.
Soliq rejimi bo‘yicha daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat'iy [belgilangan] soliq to‘lanadi. Stavka Pensiya jamg‘armasi bilan birgalikda 270 ming atrofidagi summani tashkil qiladi. Xizmat ko‘rsatishdan olayotgan daromadi 100 million so‘mdan oshadigan bo‘lsa, ular aylanma [mablag‘lar]dan soliq to‘lashga o‘tishadi.
Shu bilan bir qatorda, barcha tadbirkorlik sub'yektlarimizga tegishli. Ular deklaratsiya asosida soliq to‘lashi mumkin. Xizmat ko‘rsatishdan olayotgan daromadi va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni chegirib tashlab, o‘ziga qoladigan sof foydasidan 12 foiz soliq to‘lash tartibi joriy qilindi”, - deya Fazliddin Umarovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, san'atkorlardan boshqacha tartibda soliq undirish rejalashtirilayotgani haqida ma'lumot berilgan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?
Sport | 18:11
-
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi
Jahon | 18:00
-
“Yoshlar oyligi” doirasidagi navbatdagi bayram Qoraqalpog‘istonda o‘tkazildi
O‘zbekiston | 18:00
-
Eron Isroilga yordam berayotgan davlatlarga zarbalar bilan tahdid qildi
Jahon | 17:16
Mavzuga oid

13:50 / 16.08.2022
Tadbirkorlik sub’yektlarining aylanmasi 650 trln so‘mdan oshib, avvalgi yilga nisbatan 127,8 foizga o‘sdi

12:36 / 01.07.2022
Bekor bo‘layotgan imtiyozlar, yangi subsidiyalar – 1 iyuldan soliq ma’murchiligida nimalar o‘zgardi?

15:30 / 30.06.2022
Sherzod Qudbiyev yosh soliqchilar bilan uchrashuvda DSQda ishlash istagini bildirgan qizni ishga oldi

17:39 / 07.05.2022