Bu böyiça Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov 10 mart kuni «Hukumat soati»da Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi raisi Abduşukur Abdullayevdan izoh söradi.

«Töğri, ayrim uylar noqonuniy qurilgan bölişiga qaramasdan, kadastr hujjatlari qilib berilgan holatlar ham mavjud. Bunga köz yumolmaymiz. Beş qöl barobar emas, turli odamlar böladi. Korrupsiyaga yöl qöyilgan yoki e'tiborsizlik qilingan holatlar ham bölgan.

«Ma'muriy tartib-taomillar töğrisida»gi qonunning 12-moddasida keltirilgan normaga köra, agarda fuqaro hukumat yoki mutasaddi taşkilotning çiqargan qaroriga işongan bölsa, uning bu işonçi qonun bilan himoyalanadi.

Şunga muvofiq, bunday holatlarda ularning [kadastr xodimlariga işonib, keyinçalik jabrdiyda bölib qolganlarning] huquqi qonun tomonidan himoya qilinadi», – dedi Abduşukur Abdullayev.

Nurdinjon Ismoilov kadastr xodimi uyini hujjatlaştirib bergan, şunga işonib, «turarjoyim qonuniy» deb xotirjam yurgan odamlar yillar ötib kimlarningdir xatosini deb jabrdiyda bölib qolganda qonun ularni qanday himoya qilişi bilan qiziqdi.

Qömita raisiga köra, bunday muammoli vaziyatlarning har biri individual holatda örganiladi. Lekin şunga qaramay, ularning noqonuniy qurilgan uylari qonuniylaştirib berilmaydi.

«Har bitta bunday holat individual tarzda örganiladi. Masalan, noqonuniy qurilgan, ammo kadastr hujjati bor uy-joy buziladigan bölsa, kompensatsiya pulini unga turarjoyini hujjatlaştirib bergan idora tölaydi. Bu narsa qonunda bor», dedi Abduşukur Abdullayev.

Uning ma'lum qilişiça, şu paytgaça kadastr xodimi xatosi bilan jabrdiyda bölib qolgan birorta fuqaroga qömita tomonidan heç qanday kompensatsiya tölanmagan.