Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Oliy Darajali Döstlik» ordenini ta'sis etiş töğrisida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 30 sentyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2019 yil 11 oktyabrda ma'qullangan.
Qonunga köra, «Oliy Darajali Döstlik» Özbekiston Respublikasining ordenlari tarkibiga kiradi. «Oliy Darajali Döstlik» ordeni kökrakning öng tomoniga yoki orden zanjirida taqiladi.
Qonunga ilova qilingan «Oliy Darajali Döstlik» ordeni töğrisidagi nizomga köra, orden bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari, xalqaro taşkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglaştirilgan boşqa taşkilotlarning rahbarlari va vakillari taqdirlanadi.
Şuningdek, atoqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, ta'lim va tarbiya, soğliqni saqlaş, ma'naviyat, madaniyat va sport sohalarining közga köringan ulkan namoyandalari, insonparvarlik ruhidagi ezgu işlari bilan nom qozongan metsenatlar, biznes hamjamiyatining taniqli vakillari ham mazkur orden bilan mukofotlanadi.
«Oliy Darajali Döstlik» ordeni bilan taqdirlaşda yuqorida qayd etilgan şaxslarning Özbekiston bilan özaro döstlik, har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirişda, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etişda yuksak siyosiy iroda namoyon etgani, faol taşabbuslarni ilgari surgani va köp qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirişga yangiça ruh, çuqur va amaliy mazmun bağişlagani hamda Özbekiston Respublikasi oldidagi alohida e'tirof etilgan yuksak xizmatlari inobatga olinadi.
Şuningdek, «Oliy Darajali Döstlik» ordeni bilan:
- Özbekiston Respublikasi bilan çet davlatlari örtasida har tomonlama manfaatli şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş, özaro hurmat va işonçni kuçaytirişdagi şaxsiy hissasi;
- xorijiy mamlakatlarning xalqlari bilan döstlik, hamjihatlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaş borasida körsatgan alohida xizmatlari;
- umuminsoniy va milliy ma'naviy qadriyatlarni, tarixiy merosimizni asrab-avaylaş, örganiş va keng tarğib etiş, turli xalqlar madaniyati va san'atini yanada boyitişdagi faol iştiroki;
- taşqi iqtisodiy faoliyatni kengaytiriş, yirik ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, şuningdek, innovatsion ğoya va texnologiyalarni yaratiş hamda turli sohalarga tatbiq etişda erişgan salmoqli natijalari;

















