World Justice Project xalqaro fuqarolik jamiyati taşkiloti tomonidan yuritiladigan «Qonun ustuvorligi» indeksi böyiça 2020 yil uçun hisobot e'lon qilindi. Unga köra, Özbekiston umumiy reytingda 0.47 ball bilan 92-örinni egalladi.
Moliya vazirligi xabariga köra, Özbekiston «Qonun ustuvorligi» indeksining Tartib va xavfsizlik körsatkiçida yillar davomida ijobiy natija körsatib kelmoqda (0,9 ball bilan dunyo mamlakatlari orasida 11-örin). 2020 yilda mamlakatning eng katta özgarişi Korrupsiyaning mavjud emasligi körsatkiçida kuzatildi: 0.40 ball bilan 89-örin (2019 yilda 0.38 ball bilan 95-örin).

«Qonun ustuvorligi» indeksi 0 (eng past)dan 1 (eng baland) ballgaça bölgan şkalada baholanib, ularga tegişli reyting beradi. Indeksda davlatlar asosiy 8 omil böyiça tahlil qilinib hamda 44 ta subkörsatkiçga bölingan: hukumat vakolatlarining çeklanişi, korrupsiyaning yöqligi, oçiq hukumat, asosiy huquqlar, buyruq va xavfsizlik, normativ qoida, fuqarolik odil sudlovi hamda jinoiy odil sudlov.
Indeks World Justice Project taşkiloti tomonidan umumlaştirilgan General Population Poll” (GPP) va “Qualified Respondens’ Questionnaires” (QRQs) katta hajmli savollardan iborat sörovnomalariga asoslangan holda baholanadi. Özbekistonda sörovnoma Toşkent, Namangan va Samarqand viloyatlarida ötkaziladi.
Vazirlik izohida aytilişiça, Kosovo va Gambiya 2020 yilgi hisobotiga kiritilganligi sababli umumiy mamlakatlar soni 128 taga yetdi. Natijada, Özbekiston umumiy reytingda 4 poğonaga yuqorilagan.












