Yana uchta davlat Rossiyaga qarshi «neft urushi» e'lon qilishni rejalashtirmoqda - OAV
Rossiya energetika vazirligi Moskva hech kim bilan neft bozorida narxlar urushini olib bormayotganligini bildirdi.

Foto: Haidar Mohammed Ali/AFP via Getty Images Markets
Saudiya Arabistoni ortidan Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPeK)ning yetakchi a'zolari Iroq va Kuvayt ham apreldan xaridorlarga neft uchun chegirma bermoqchi. BAA esa fevral sotuvlari uchun narxlarni pasaytirdi, deb yozmoqda Bloomberg.
Iroq Basrah Light rusumidagi neftni Osiyo bozoriga yetkazib berishda har bir barrel uchun 5 dollardan chegirma berishga tayyor, deb xabar beradi agentlik. Kuvayt nefti uchun chegirma bir barrelga 6 dollarni tashkil etadi. Eski muddat bilan narx belgilaydigan BAA fevral uchun neftning to‘rt xil navi narxini bir barreliga 1,63 dollardan arzonlashtirdi.
Agentlikning yozishicha, Kuvayt OSP neftiga Osiyodagi xaridorlar uchun bir barreliga 4,65 dollar chegirma joriy etdi. Shimoli-g‘arbiy Yevropaga eksport qilinadigan neft uchun rekord darajada past - 12,60 dollar narx belgilandi.
Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, Iroqning SOMO davlat neft kompaniyasi aprelda qazib olish hajmini oshirmoqchi. U neft qazib olish sutkasiga 3,7 mln barrelgacha yetkazilishini aytgan. SOMO mart oyida sutkasiga 3,44 mln barrel neft sotgan.
Iroq neft vazirligi rasmiy vakili Osim Jihod «narxlar urushi ishlab chiqaruvchi mamlakatlar manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligi»ni bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bag‘dod barqarorlik va bozordagi muvozanatni tiklash bo‘yicha kelishuvga erishishga urinmoqda.
OPeKka a'zo davlatlar Rossiya va boshqa davlatlar bilan neft qazib olish hajmini qisqartirish borasida kelisha olmadi. Keyingi yillar davomida neft narxini ushlab turgan bitim bekor bo‘ldi.
10 mart kuni Saudi Aramco apreldan sutkasiga 12,3 mln barrelgacha neft qazib olishini ma'lum qildi. Bu OPeK va OPeK+ a'zolari o‘rtasida tuzilgan bitimda ko‘rsatilgan hajmga nisbatan 26 foizga ko‘pdir. Bitimga ko‘ra, Saudi Aramco 2020 yilning birinchi choragida sutkasiga 9,7 mln barrel neft qazib olish majburiyatini olgandi. Ushbu xabar ortidan London birjasida Brent rusumidagi neft narxi 4 foizga arzonlashdi.
Rossiya energetika vazirligi Moskva hech kim bilan neft bozorida narxlar urushini olib bormayotganligini bildirdi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Pavel Sorokin Reuters agentligiga bergan intervyusida aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni «faqat barqaror bozor» tarafdori.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti
Jahon | 20:44
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
-
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 20:36
-
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi
O‘zbekiston | 20:13
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025