«Yuventus» klubi himoyaçisi Daniele Ruganida COVID-19 koronavirus aniqlandi. Bu haqda Turin klubi rasmiy bayonot bilan çiqdi. 

«Tibbiy tekşiruvlar natijasida Rugani koronavirusga çalingani ma'lum böldi. Klub futbolçini alohida saqlaş va davolaş işlarini boşladi. Futbolçi bilan yaqin aloqada bölgan klub vakillari ham alohida röyxatga olindi. Ehtiyot çorasi sifatida futbolçilar ham çuqur tibbiy nazoratdan ötkaziladi» - deyiladi klub xabarida.

Rugani 8 mart kungi «Inter»ga qarşi öyinda maydonga tuşirilmagan bölsa-da, turinliklar zaxirasidan joy olgandi. U ikki jamoaning bir qator futbolçilari bilan körişgan. Virusning uyğoniş muddati 14 kun sanaladi. 

Ma'lumot uçun, ötgan 24 soat içida Italiyada 168 nafar kişi koronavirusdan vafot etdi. Kasallanganlar soni 9 ming nafar kişidan oşgan. Mamlakatda barça ommaviy tadbirlar, şu jumladan A Seriya öyinlari ham qoldirilgan.