Xususan, tanqidçilar orasida - Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov, «Vagner» XHK egasi Yevgeniy Prigojin bor, ular «uruş tarafdori bölgan blok»ning norasmiy yetakçilari sifatida qabul qilinadi. Şuningdek, qömondonlikni tanqid ostiga olganlar orasida teletarğibotçilar, taniqli şaxslar va öta millatçi harbiy blogerlarning köpçiligi bor.
Tanqid oliy siyosiy rahbariyatga emas, balki harbiy oliy qömondonlikka qaratilgan bölib qolmoqda, biroq tahlilçilarning ta’kidlaşiça, bu qisman toqat qiladiganlarning Rossiya tuzumidan ommaviy norozilik tendensiyasidir va uni qaytariş qiyin bölişi mumkin.
Bundan oldin Putinning atrofidagi yaqin odamlaridan biri unga uruş bilan boğliq harakatlariga qöşilmasligi haqida oçiq aytgani xabar berilgandi.
Washington Post’ning AQŞ razvedkasi ma’lumotlariga tayanib yozişiça, Putinga qömondonlikning harbiy harakatlarni olib borişdagi xatolari va samarasiz boşqaruvi haqida aytişgan.
Naşrning ma’lum qilişiça, razvedka bu ma’lumotni juda muhim deb hisoblagan va bu haqda Bayden, şuningdek, administratsiyaning boşqa muhim vakillari xabardor qilingan.


















