«Mana köryapsizlar, avtosanoatimiz rahbarlari maşinalar narxini oşirişga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab böldi. Bu iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi şaroitda töğri emas. Biz xalqqa yengillik yaratişimiz lozim. Har bir qarorni yetti marta emas, yetmiş marta öylaş zarur. Avvalo xalqimizning sotib oluvçanlik qobiliyatini mustahkamlaş kerak», - dedi prezident.

Davlat rahbari bozor iqtisodiyotiga ötiş oğirligi, lekin mamlakatimiz şu yöldan borişini ta'kidladi.

9 mart uni Özbekistondagi yagona avtomobil işlab çiqaruvçi UzAuto Motors yengil avtomobillarning yangi narxlarini e'lon qildi. Narxlar turli maşinalar kesimida 15-21 foiz atrofida oşgandi.

Şundan söng, ijtimoiy tarmoqlarda va jamoatçilikda işlab çiqaruvçining bu qaroriga keskin munosabatlar bildirilişi boşlandi. 

11 mart kuni UzAuto Motors kompaniyasi narxlarni qayta körib çiqiş qarori narxlar kon'yunkturasi, şuningdek, içki va taşqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning özgarişi bilan boğliq ekanligini ma'lum qildi. Şuningdek, «Özavtosanoat» yaqin kelajakda mas'ul davlat organlari tomonidan körib çiqiladigan Özbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona tölovlarini kamaytiriş taşabbusi bilan çiqqani ma'lum qilindi.

Deputatlar kompaniya rahbariyati bilan uçraşuvda öz e'tirozlarini bildirişdi.