Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasi rasmiy saytida içki bozorda avtomobil narxlari kötarilişiga munosabat bildirildi.

«Bugungi kunda iste'molçilar avtomaşinalar narxlari kötarilganidan norozi. Bir yoki ikki foizga emas, birdaniga 15-20 foizga! Nima sababdan? Qaysi omillar tufayli? Nega aynan xaridorgir bölgan avtomaşinalarning narxi tuşiş örniga kötarilib ketgani köpçilik iste'molçilarning noroziligiga sabab bölmoqda. Berilgan va'dalar aksinça edi.

Bu yil avtomaşina narxi tuşişi kutilayotgan edi. Bu iş bilan UzAutoMotors iste'molçilar ustidan yana bir «ahmoqona yuriş qildi». Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari Federatsiyasiga 2019 yil davomida yuzga yaqin rangi öçganidan tortib, texnik nosozlig-u öz joyida turgan, heç qanday taşqi omillarsiz öz-özidan yonib ketgan maşinalar töğrisida arizalar kelib tuşgan.

Biz nizomda belgilangan tizim orqali iste'molçilarimizga kömak körsatgan bölişimizga qaramasdan, muammolar köpaysa köpaydiki, aslo kamaymadi. UzAutoMotors monopol taşkilot hisoblanar ekan, bu kabi muammolarning adoği bölmasligi aniq.

Töğri, xalqimiz mehnatkaş, orzu-havas uçun ham maşina oliş iştiyoqidan aslo qaytmaydi. Lekin bu degani istalgança xalq bilan hisoblaşmasdan narxlarni oşiriş kerak degani emas! Bu ketişda xalqimiz ança payt musofir yurtda «qora işçi» degan tamğa bilan yurişga mahkum.

Töğri-da, öz davlatida qadr topmagan xalqni özga yurtda boşini silarmidi?! Qaçongaça özga yurtda yaratilgan imkoniyatlarga havas qilib yuramiz? Qaçonki, UzAutoMotors’dan taşqari yana raqobatdoş zavodlar iş boşlasa, şundagina narxning tuşişidan umid bor. Aks holda xalqga nisbatan bunday bepisand va tahqirlovçi kayfiyat hali-beri ularni tark etmaydi», deyiladi federatsiya saytida e'lon qilingan munosabatda.

Şuningdek, mazkur taşkilot iste'molçilarni ham öz haq-huquqlarini himoya qilişga çaqirgan: «Gapimiz nihoyasida iste'molçilarimizdan şuni iltimos qilardikki, qöyilgan bahoga könib ketavermang. Yurtboşimiz ham «Jamiyat — islohotlar taşabbuskori» deb bekorga aytmagan. Xalq manfaati öylanmas ekan, uni talab qiliş huquqiga tölaqonli haqlimiz. Xalqdek qudratli kuç bölmaydi».

  • 9 mart kuni UzAuto Motors yengil avtomobillarning yangi narxlarini e'lon qilgandi. Narxlar turli maşinalar kesimida 15-20 foiz atrofida oşgan.