Viloyat IIB axborot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida janjallashgan shaxslar Samarqand Davlat universiteti tarix fakultetining 1-bosqich, 101- va 105-guruh talabalari ekanligi aniqlangan.
Mazkur janjalning asosiy sababi, SamDU 101-guruh talabasi 1997 yilda tug‘ilgan, Jomboy tumanida yashovchi T.I. va 105-guruh talabasi 2001 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahar «Shodlik» MFYda yashovchi T.A. dars jarayonida o‘tirish uchun o‘zaro stul talashib, janjal boshlangan.
4 mart kuni soat 12:20 larda, dars tugagandan so‘ng, ular Samarqand shahri markazidagi, universitet binolaridan ko‘p uzoqda bo‘lmagan Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘iga borishadi. 101-guruh talabalari — 1996 yilda tug‘ilgan, Jomboy tumanida yashovchi O.Z., 1997 yilda tug‘ilgan, Past Darg‘om tumani Juma shahrida yashovchi R.O. hamda 105-guruh talabalari — 2000 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahri Oydin yo‘l ko‘chasida yashovchi A.S., 1999 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahri «Mo‘lyon-2» MFYda yashovchi T.Sh. o‘zaro janjallashib, mushtlashishi natijasida bir-biriga tan jarohati yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi axborot xizmati xabarida.










