2020 yil 12 mart kuni Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasining kengaytirilgan majlisida Yevropa mamlakatlaridagi Özbekiston diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining hisobotlari eşitildi.

Senat axborot xizmatiga köra, Yevropa mamlakatlaridagi Özbekiston diplomatik missiyalari rahbarlari tomonidan xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş böyiça “yöl xaritalari”ni ijro etiş yuzasidan amalga oşirilgan işlar, şu jumladan eksportni kengaytirişga, investitsiyalarni jalb qilişga va respublika hududlariga turistlar oqimini oşirişga qaratilgan aniq loyihalarni amalga oşiriş töğrisidagi hisobotlari taqdim etildi.

Ötkazilgan muhokamada diplomatik missiyalarning barça masalalari va ustuvor vazifalari körib çiqildi, ularning faoliyatiga tanqidiy baho berildi hamda xorijda respublikaning iqtisodiy manfaatlarini tarğib qilişdagi tizimli kamçiliklar körsatib berildi.

Mamlakat hududlarida ayrim investitsiya loyihalarini amalga oşirişdagi kamçiliklarga alohida e'tibor qaratildi.

Majlisda Özbekistonning qator elçixonalari faoliyati kuçaytirilganligi qayd etildi. Şu bilan birga, ayrim diplomatik missiyalari rahbarlarining faoliyatida jiddiy kamçiliklar va amaliy natijalar yöqligi qayd etildi.

Diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga batafsil tavsiyalar berildi va ular oldiga öz faoliyati natijadorligini oşiriş böyiça aniq vazifalar qöyildi.

Majlis yakunlari böyiça Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasining tegişli qarori qabul qilindi.