Mazkur töplam haqida bugun, 13 mart kuni AOKAda bölib ötgan davra suhbatida ma'lumot berildi.
«Turkiston töplami» davriy naşrlarlardan, ba'zan esa alohida kitoblardan kesib olingan parçalardan iborat bölib, Markaziy Osiyo tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, iqtisodi va madaniyati böyiça öziga xos ensiklopediya vazifasini ötaydi.
Töplamda keltirilgan ma'lumotlar 150 yil avvalgi davrga borib taqaladi.
«Bu faqat rus va özbek tilida emas. Qator Yevropa tillarida ham mamlakatimizga oid manbalar mavjud», – deya ma'lumot berdi Fanlar akademiyasi tarix instituti professori Dono Ziyayeva.

U «Turkiston töplami» öz içiga olgan davrda Özbekiston hududida sodir bölgan qözğolonlar, ularning turli manbalarda yoritilişi haqida ma'lumot berdi.
«Turkiston töplami» qamrab olgan davrda 3ta yirik qözğolon: «Vabo qözğoloni», «Andijon qözğoloni» va «Umumturkiston qözğoloni» bölib ötgan.
Ular haqidagi asosiy manbalar rus tilida. Mahalliy manbalar esa, asosan, xalq oğzaki ijodi körinişida saqlangan.
Rus manbalarida, albatta, hukmron davlat kayfiyati seziladi. Biroq qölimizda 1916 yil dekabr oyida Davlat dumasida Turkistondagi qözğolonlarga bağişlangan «Yopiq eşiklar ortida» nomi ostidagi yiğilişining stenogrammasi bor. Unda xolisona ma'lumotlar saqlanib qolgan. Hozir bu stenogramma Toşkentda saqlanmoqda», – deydi Dono Ziyayeva.
Uning aytişiça, garçi rus manbalarida qözğolonlarga berilgan real baho bölmasa-da, tarixiy faktlar uçun (qözğolonlar boşlaniş vaqti, iştirok etganlar soni) ulardan foydalaniş ehtiyoji bor.

Öşa davrdagi xalq kayfiyatini esa mahalliy manbalar, jumladan, xalq oğzaki ijodi orqali örganiş mumkin.
Bundan taşqari, Dono Ziyayeva töplamda Markaziy Osiyo aholisining XIX asr 70 yillari boşidan 1917 yilgaça bölgan davrdagi diniy hayoti haqida ham hikoya qilişi haqida töxtalib ötdi.
«Mahalliy aholi e'tiqod qiladigan islom diniga garçi mustamlakaçilar xayrixohlik bilan qaramagan bölsa-da, islom diniga qiziqiş bilan qaraşgan va uni örganişga harakatlar bölgan», – dedi Ziyayeva.












