Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov hukumat yiğilişida fuqarolarga koronavirusdan himoyalaniş uçun qadimiy xalq vositasi – isiriqdan foydalanişni tavsiya qildi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy televideniyega tayangan holda xabar berdi.
Davlat rahbari turkmanlarning ajdodlari ming yillar davomida zararli odatlar va turli yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşning milliy usulini yaratişgani ta'kidladi.
«Dono ajdodlarimiz muhim tadbirlar oldidan isiriq tutatişgan. Bu an'anaga qat'iy amal qilişgan», — dedi u.
Berdimuxamedov isiriq tutatiş an'anasi hozir ham davom etayotganini ta'kidladi. Uning sözlariga köra, bu ösimlikning tutuni inson tanasiga turli viruslar kirişining oldini oladi.
Hozirgi vaqtda Turkmanistonda koronavirus bilan xastalangan biror bemor aniqlanmagan.













