Özbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi davlatlari Sanoat xavfsizligi kengaşining tölaqonli a'zosi böldi. 2020 yil 6 fevral kuni Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi MDH Ijroiya qömitasiga yöllagan maktubida, rasmiy Bişkek Özbekiston Respublikasining MDH davlat rahbarlari Kengaşining 2001 yil 28 sentyabrdagi “MDHga a'zo davlatlar Sanoat xavfsizligi böyiça vakolatli organ rahbarlarining muvofiqlaştiruvçi kengaşi (MSPB SNG) töğrisida”gi Moskva kelişuviga qöşilişiga roziligini bildirgan.

Şu bilan, MDH Ijroiya qömitasining ma'lum qilişiça, Özbekistonning mazkur tuzilmaga qöşiliş jarayoni muvaffaqiyatli poyoniga yetgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi prezident qaroriga muvofiq, mazkur xalqaro hujjatlarga qöşilib, Özbekiston nomidan iş yuritişda mas'uliyatli idora hisoblanadi.

Ma'lumot uçun: Mustaqil davlatlar hamdöstligi davlatlarining sanoat xavfsizligi kengaşiga tarmoqlararo hamkorlik organi bölib xavfli işlab çiqariş obektlarida sodir bölişi mumkin bölgan avariya hamda baxsiz hodisalarning oldini oliş harakatlarini muvofiqlaştirişni amalga oşiradi. Unga Özbekiston, Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Moldova, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Ukraina davlatlarining maxsus vakolatli organlari rahbarlari kiradi.












