Prezident Boş prokurorga bu borada tegişli topşiriqlar bergan, deb ma'lum qilindi bugun Vazirlar Mahkamasida bölib ötgan yiğilişda.
Özbekiston Boş prokuraturasidan ma'lum qilişlariça, karantin va çeklov tadbirlarini buzganlik va kasallik öçoğiga borganlik hamda bemorlar bilan muloqotda bölganlik haqidagi ma'lumotlarni yaşirganlik uçun jinoiy javobgarlik mavjud.
Jinoyat kodeksining Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş, ya'ni 257-1-moddasida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlik uçun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça miqdorda jarima soliş yoki 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini qöllaş nazarda tutilgan.
Şuningdek, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş, ya'ni 54-moddasida qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik holati böyiça — fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — 10 baravaridan 15 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi körsatilgan.
Koronavirus aniqlangan dastlabki bemor Toşkentga 11 mart kuni Parijdan uçib kelgan bölib, hozirda reysning 20dan ortiq boşqa yölovçilari, bemorning oila a'zolari va u muloqotda bölgan önlab fuqarolar – jami 150 nafarga yaqin kişi izolyatsiyaga olingan.
Ma'lumot uçun, Özbekiston 16 martdan boşlab barça aviaqatnovlarni töxtatdi.
Endilikda Özbekiston fuqarolarining çet davlatlarga çiqişi, çet davlat fuqarolarining Özbekistonga kirişi taqiqlanadi. Çet davlatlarda qolgan özbekistonliklarning qaytişi uçun charter reyslar taşkil etilişi mumkin, xorijdan qaytarilganlarning barçasi karantinga joylaştiriladi.
Yolğon ma'lumotlar tarqatganlik uçun jarima belgilanişi mumkin













